Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.

Ота-онам бошқа миллионлаб ота-оналар каби, топган-тут- ганларини, умрларини фарзандларининг таълим олиши ва бахтли ҳаёт кечириши учун сарф қилганликлари туфайли ҳам шу даражага етишдим.

Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.

Har narsaga siqilma ey ko‘ngil, na bu dardlar qoluvchi, na bu umr.

“Қачонгача умрингни айш-ишрат ва уйқу билан ўтказасан. Ғурурга маст бўлиб кўзингни зулмат пардаси ила ўрайсан? Энг яхшиси қоронғу кечаларни ихлосли тоат билан, унинг нури ила борадиган жойингни ёритсанг-чи”.

Hayotingni televidenie orqali ko‘rsatilayotgan hayot bilan adashtirma. Real hayotda inson umrining ko‘p qismini qahvaxonalarda emas, ish joyida o‘tkazadi.

Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang.

Xatolarga to‘la hayot, garchi hurmatga sazovor bo‘lmasa ham, hech bir urinishsiz va xatolarsiz yashalgan umrdan afzalroq.

Kimki o‘z umri intihosini ibtidosi bilan bog‘lay olsa, u eng baxtiyor insondir

Bekor o‘tgan umr, bu - barvaqt o‘lim topish demakdir.

Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.

Ko’rdimki, vaqtini “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi” lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.

Гарчанд узоқ умр кўрган бўлсалар-да, кўп одамлар ғўр ва тажрибасиздир.

Bir umr baxtli bo‘lishni istasang - halol umrni hamisha afzal ko‘r.

Агар ҳикматга бўлса илтифотинг — Ки, бўлсун Нуҳ умрича ҳаётинг!

“Mana Buyuklar” kanali