Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.

Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.

Tonggi uyquni tark etganning rizqu ro'zi farovon bo'ladi. G'aflat bosib, tongni uyquda o'tkazgan kimsa bu ne'matlarni faqat tushida ko'radi.

Kam yegin, kam uxla, kam gapir

Uyquni yengil o‘lim, o‘limni og‘ir uyqu deb biling.

O'tgan kun haqidagi: "Men uni qanday o'tkazdim, nimalar qildimu, nimalarga ulgurolmadim?" degan savolga javob topilmaguncha ko'zlaring uyquga ketmasin.

“Mana Buyuklar” kanali