Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.

Ma’rifatchi (orif) botir odam bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, saxovat egasi bo‘ladi. Shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U barcha behad narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘z nafsoniyati bilan ulug‘vor bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi!

Vaqt kutganlar uchun sekin, qo‘rqqanlar uchun tez o‘tsa, qayg‘uga botganlar uchun juda uzoq tuyiladi. U shod-xurramlar uchun juda qisqadek ko‘rinsa, oshiq qalblar uchun esa mangudek go‘yo.

Har kim nima uchun tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha yumush bilan shug‘ullanganligi eng oqilona ishdir. Kimki uzoq o‘ylar ekan, hamma vaqt ham to‘g‘ri yechimni topavermaydi.

To’g’ri yo’ldan ataylab eng uzoq yo’lga o’tish juda zo’r xatodir.

Hayotning naqadar qisqa ekanini anglash uchun inson uzoq yashamog'i kerak.

Ustodning aytishicha: —Xotin-xalaj bilan ishlash qiyin —Yaqinlashsang, quloq osmay ko‘yadi; Uzoq tursang, odamoviga yo‘yadi…

Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganida odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq cho‘zilmasdi.

Nikoh bahs-u munozaralar bilan bo‘linib turuvchi uzundan uzoq suhbatdir.

Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq, Nurning o‘z soyasi bo‘lmaydi hech choq.

Har qanday uzoq yo'l - birinchi qadamdan boshlanadi.

Yaxshi yashalgan har qanday umrni uzoq umr xisoblasa bo'ladi.

“Mana Buyuklar” kanali