Hech qachon xato qilmagan inson, hech qachon yangi narsaga harakat qilmagan insondir.

Tarbiyadagi eng katta xato o'ta shoshqaloqlikdir.

Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat — donishmandlik deyiladi.

Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsa-yu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma!

Bazan, nimagadur yangilik kiritganizda, xatolar qilasiz. Bunday paytda eng yaxshisi xatolarni tan oling va boshqa innovatsiyalaringizni takomillashtirish bilan shug'ullaning.

Kimki ko‘p narsani talab qilsa va murakkablikdan huzur qilsa, bunday odam adashishlarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildir. Foydali xatodan zararli haqiqatni afzal bilaman: haqiqat, balkim, o‘zi keltirib chiqargan og‘riqni da’volaydi.

To‘g‘ri deb o‘ylanilgan qanchadan-qancha narsalar bo‘ladiki, ular aslida to‘g‘ri bo‘lmay, balki faqat xatolardan iborat bo‘ladi.

Barcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar.

Urush – qo‘pol xatolar ro‘yxati.

Agar siz kambag’al bo’lib tug’ilgan bo’lsangiz, bu sizning xatoyingiz emas. Lekin agar kambag’al bo’lib o’lsangiz, bu sizning xatoyingiz

Hech nima qilmaydigan odamgina xato qilmaydi. Holbuki, uning asosiy xatosi ham shudir.

Har bir muvaffaqiyatsizlikda ota-onang yoki boshqalarni ayblayverma. Xatolaring ustida yig‘lab o‘tirma, ulardan xulosa chiqar.

Bizning eng katta xatoyimiz boshqalarning xatosiga bo’lgan qiziqishimizdir.

Men hech qachon shunchaki kompaniya yaratishga harakat qilmaganman. Ko‘pchilik daromadlar va shu kabi kirimlar meni qiziqtirmaydi, deb xato o‘ylashadi. Aslida men uchun «shunchaki kompaniya bo‘lmaslik» haqiqatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, dunyoni o‘zgartiruvchi nimadir yaratishni anglatadi

Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

“Mana Buyuklar” kanali