Agar xalqda buyuk islohotga ehtiyoj haqiqatan ham paydo bo‘lgan bo‘lsa, xudo ham uning tomonida bo‘ladi va muvaffaqiyat unga yor bo‘ladi.

Kecha – o‘tmish, erta – mavhum, hozir atalmish bugun esa – Xudoning mukofotidir.

Xudo meni o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun samimiylik bilan, o‘zgartirishim mumkin bo‘lgan narsalarni o‘zgartirishim uchun jasurlik bilan, ularni ajrata olishim uchun esa aql bilan siylagan.

Do‘stni sen tanlaysan, qondoshlikni Xudo tanlaydi, ota-ona bino qiladi. Xudoning tanlovidan, ota-ona binosidan voz kechib bo‘lmaydi.

Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.

Inson zoti shunaqa: aqli yetgan narsada o‘zi bilur, aqli yetmagan narsada Xudo bilur.

Agar yerda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur.

Xudo ko‘rsatmasin, agar seni og‘ir qayg‘u-hasratlarning kuchli yellari o‘rab olsa, unda dod-faryodu fig‘onlaring foyda bermas.

Haqiqat — Xudodir: uni hamma biladi-yu, o‘zini hech kim ko‘rmagan.

Устозимдан сўрадимки: — Эй, устод, мен Худои азза ва жалладан нимани тилайки, барча яхшиликларни тилаган бўлай? Устодим айтдиларки: — Уч нарсани: — соғу саломатликни, эмин-хотиржамликни ва давлатмандликни!

Ustod so‘zidirkim: — Komil kishi uch narsadan tashvish tortadi: Xudoning xohishi, avliyoning koyishi, ulug‘larning toyishidan!..

Xudoni yo‘qotgan nima topdi? Xudoni topgan nima yo‘qotdi?

“Mana Buyuklar” kanali