Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz, Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.

Yaxshilik haqida o‘ylashlik o‘sha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, o‘sha yomonlikni tark etishga chorlaydi.

Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.

Yaxshi fazilat yolg‘iz bo‘lmaydi, albatta, uning qo‘shnisi ham bo‘ladi.

Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi.

Yaxshilik qil, yomonlikdan saqlan. Sen yonlaridan turib ketganingda u yerdagi odamlar sen haqingda gapirishlarini hohlaganing, qulog'ingga yoqib tushadigan ishlarni qil. Va sen yo'g'ingda gapirishlarini hohlamaganing amallarni qilishdan saqlan.

Бу гулшан ичра йўқдур бақо гулига сабот, Ажаб саодат эрур қолса яхшилиқ била от.

Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?

Одам ҳамиша бошқаларга яхшилик кўрсатиши керак. Агар яхшилик қилиш имконига эга бўлмаса, яхши тилаклар изҳор этсин

Яхшилик – ёмонликни тарк этмакдир.

Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.

Вақти-соати ўтгандан сўнг ижро бўладиган ваъдадан ҳеч бир яхшилик бўлмас.

Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi

Yaxshilikka yaxshilik eltgay, xolos, Yaxshilik birlan kishi topgay xalos

Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo'ladi.

“Mana Buyuklar” kanali