Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz.

Xudo bitta, uning sherigi yo‘qdir. Shunday bo‘lgach, Alloh taoloning muqaddas mulki — yer yuziga egalik qiladigan (kadxudo) kishi ham bitta bo‘lishi kerak.

Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.

Agar yerda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur.

Don yerga ko‘miladi, uning yerga ko‘milishi bog‘u-rog‘ning ko‘karishiga sabab bo‘ladi.

Yer sotib oilng, u endi ishlab chiqarilmaydi.

Yeru zaminning ko‘rkamligi olimlar bilan bo‘lsa, osmonu falakning ziynati esa yulduzlar bilandir.

Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun, Bu qaro yer bag'ri senga chok bo'lmasdan burun

Oqil va odil rahbariyat yo‘q yerda odamlar oqil va odil bo‘lmaydi.

Shaxsiy biznesni boshlash – samolyotdan parashyutsiz sakrashga o‘xshaydi. Yiqilayotib, tadbirkor havoda “o‘ziga parashyut tikish”ni boshlaydi, buni amalga oshirish va parashyut yerga qulab tushguniga qadar ulgurishga umid qiladi

Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik.

“Mana Buyuklar” kanali