Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

Rost gapiringlar, agarchi rostlikda halokat bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida najot rostlikdadur. Yolg'on gapirmanglar, agarchi yolg'onda najot bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida unda halokat bordur.

Yolg’on doim rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko’pikdek yo’q bo’lib ketadi.

Yolg'on so'zlash kishining obro'sini to'ksa, hazil-mazax va o'yin odamni beizzat qiladi. Xususan, hukumat ahli agar hazil va mazaxga moyil bo'lsalar, haybat va shavkatlariga nuqson yetar.

Кимки, ёлғон сўзни бировга тўнкагай, ўз қора юзини ёғга булайди. Озгина ёлғон ҳам улуғ гуноҳдир; озгина заҳар ҳам ҳалок қилувчидир.

Адабиётда ёлғоннинг катта-кичиги йўқ. Ҳаммаси ҳам баравар зарардир.

Rost gap chegaralangan, unga bitta ortiqcha so‘zni qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi. Yolg‘on gapning chegarasi yo‘q, shu bois unga yolg‘on so‘zlar qo‘shilib borgani sayin ko‘pirib boraveradi. Achinarlisi ko‘pirma yolg‘onga ko‘proq ishonadilar.

Odam farzandiga barcha yolg'onlar yoziladi. Illo, ikki musulmonni yarashtirib qo'yish uchun so'zlangan yolg'on bundan mustasno.

Erkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir.

To'rt narsani to'rt narsadan, yani dilni hasaddan, tilni yolg'ondan va g'iybatdan, qilgan ishingni ko'z-ko'z qilishdan, qorningni harom-xarishdan pok tut, shundagina chin odam hisoblanasan.

“Mana Buyuklar” kanali