Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Вафосиздур замон аҳли, замонда не вафо бўлғай, Вафо аҳли булардин гар вафо истар, эрур нодон.

Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobe’ bo‘ladi.

Har bir inson munosib yashash uchun yetarlicha kuchga ega. Zamonning og'irligi haqidagi gaplar dangasalikni oqlash uchun bahona.

Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.

To'rt narsa kishining muruvvatidan: rostgo'yligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, zamonasining ahliga saxovat qilishi, odamlarga ozor berishdan tiyilishi.

Tarixning me’moridir isyon: taqdirga, zamonga, insonga...

Omon qolish (yoki zamon bilan hamnafas bo'lish) kuchli, aqlli insonlarga emas, o'zgarishlarga tez ko'nikadigan insonga hosdir.

Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga, Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.

“Mana Buyuklar” kanali