Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat — donishmandlik deyiladi.

To‘g‘rilik, agar u to‘g‘riligi isbotlanayotgan narsaning bevosita o‘zida topilsa, u holda u o‘sha narsani mustahkamlaydi, yaxshilaydi.

Ilm shunday narsaki, unga o'zingni butunlay topshirmaguningcha hech narsa bermaydi.

Kek aslida aziyat bergan narsaning fikrda takrorlanishi bilan hamda undan o‘ch olish orzu-hayolining takrorlanishi bilan paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishiga g‘azabning bir qadar davom etishi ham sabab bo‘ladi.

Ijodkorlik - bu yangi narsalarni o'ylab topishdir, Innovatsiya - esa yangi narsalarni qilishdir.

To‘g‘ri deb o‘ylanilgan qanchadan-qancha narsalar bo‘ladiki, ular aslida to‘g‘ri bo‘lmay, balki faqat xatolardan iborat bo‘ladi.

To‘rt narsa - ya’ni, badfe’llik, badqovoqlik, takabburlik va dilozorlik kishiga xoru zorlik keltiradi.

Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi.

Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir.

Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsangni bermaydi.

Қидирмагунингча ҳеч нарсани тополмайсан.

Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa to‘yib ovqatlanishdir

Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo‘ladi.

Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortig‘i.

Inson zoti shunaqa: aqli yetgan narsada o‘zi bilur, aqli yetmagan narsada Xudo bilur.

“Mana Buyuklar” kanali