Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.

So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin.

Bizning farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart.

Nodonlardek yuzlab so'zni qilmagil qator, Dono ersang, bir so'z degil, lekin ma'nodor.

Gapirishni o'rganibdimi - demak katta bo'libdi, Jim turishni o'rganibdimi - demak dono bo'libdi.

Sayyidlar, ulamo, mashoyixlar, oqilu donolar, muxaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o’rniga qo’ydim.

Siz ertangi taqdirni hattoki dono bo‘lsangiz ham oldindan bila olmaysiz; shunday ekan, bugungi kunni bekor o‘tkazmang, zero u mudom qaytib kelmaydi.

Agar bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, siz hech qachon donolarni yetishtira olmaysiz.

Yolg'izlikda dono bo'lgandan hamma bilan birga nodon bo'lgan afzal.

Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur

Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki o'zlarini bilimdon va dono xisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.

Sen yengil boʻlishini xohlama, sen yaxshi boʻlishini xohla. Sen muammolarning kamayishini istama, mahorating kuchliroq boʻlishini ista. Sen kamroq eʼtirozlar boʻlishini xohlama, sen donoroq boʻlishni xohla.

Dono odam hamma narsani o'zidan talab qiladi, nodon esa boshqalardan.

Kishi qanchalik dono bo‘lsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. O’rtamiyona shaxslar ko‘pchilik orasida u qadar sezilmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali